Hozirda funksional ko‘pkurash sport turini targ‘ib etish, jismonan chiniqqan sportchilarni aniqlash, ularni nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorlash maqsadida, turli musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 20 oktyabr' kuni Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, Turizm va sportni rivojlantirish boshqarmasi hamda Xalq ta'limi bo‘limi hamkorligida Farg‘ona shahridagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida mazkur sport turi bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida ishtirokchilarni musobaqa shartlari bilan tanishtirib, so‘ngra bellashuvlarga start berildi. Musobaqada 5 ta jamoa vakillari 3 bosqichda, estafeta, tirsak yordamida planka mashqi, arqonda sakrash kabi bellashuv shartlari va elementlarini bajardilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoalar hamda faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal' va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Поделиться: