Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Dastlab 80-90-yillarda umumiy jismoniy tayyorgarlik tizimi tadqiq qilindi va joriy etildi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik – jismoniy mashqlar tizimi bo‘lib, u barcha jismoniy fazilatlarni (kuch, chidamlilik, tezlik, chaqqonlik, moslashuvchalik) eng maqbul birikmasida rivojlantirishga qaratilgan. Umumiy jismoniy tayyorgarlik har qanday sport turiga yoki alohida mashqlar majmuasiga asoslangan bo‘lishi mumkin.
U harbiy xizmatchilar, maktab va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida jismoniy rivojlanish darajasini oshirish, shuningdek, sportchilarni musobaqalarga asosiy tayyorgarligi uchun faol ishlatilgan.
2000 yilda Greg Glassman va uning rafiqasi Loren Jenay sportning CrossFit – sportning yangi turini tashkil etishdilar.
Krossfit (ingl. cross – "kesib o‘tmoq", "jadallashtirmoq", “qovushtirmoq” va fit – "fitnes") – aylana shaklida bajariladigan barcha mushak guruhlari uchun maxsus mashqlar to‘plami. U og‘ir atletika, pliometrik (sakrash mashqlari), pauyerlifting (sportchi uchun eng og‘ir vazn qarshiligini yengish), yugurish, gimnastika, tarozi toshni ko‘tarish va boshqa sport mashg‘ulotlari elementlari bilan intensiv intervalli mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi sport zali Kaliforniyada joylashgan bo‘lib, 2005 yilda – 13, 2013 yilda esa 8 mingdan ziyod zal ochilgan. yurtlari talabalari o‘rtasida jismoniy rivojlanish darajasini oshirish, shuningdek, sportchilarni musobaqalarga asosiy tayyorgarligi uchun faol ishlatilgan.
2000 yilda Greg Glassman va uning rafiqasi Loren Jenay sportning CrossFit – sportning yangi turini tashkil etishdilar.
Krossfit (ingl. cross – "kesib o‘tmoq", "jadallashtirmoq", “qovushtirmoq” va fit – "fitnes") – aylana shaklida bajariladigan barcha mushak guruhlari uchun maxsus mashqlar to‘plami. U og‘ir atletika, pliometrik (sakrash mashqlari), pauyerlifting (sportchi uchun eng og‘ir vazn qarshiligini yengish), yugurish, gimnastika, tarozi toshni ko‘tarish va boshqa sport mashg‘ulotlari elementlari bilan intensiv intervalli mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi sport zali Kaliforniyada joylashgan bo‘lib, 2005 yilda – 13, 2013 yilda esa 8 mingdan ziyod zal ochilgan.

Mamlakatimizda mazkur sport turi 2021 yilning 23 aprel kuni Funksional ko‘pkurash sport turi sifatida rasmiy tashkil etildi, biroq yurtdoshlarimiz 4 yildan buyon ushbu sport turini faol o'zlashtirishmoqda. Bugungi kunda respublikamizda, mazkur sport turini ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Rustam Mirzayevich Jo‘rayev tashabbusi bilan, mazkur sport turi bo‘yicha yangi federatsiya tashkil etilib, uning asosiy me’yoriy hujjatlari ishlab chiqildi. Federatsiyaning asosiy tarkibi tasdiqlanib, vazifalari belgilandi.
2021 yilning 18 avgust kuni Milliy gvardiya Qo‘mondoni o‘rinbosari-Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.J.Gʻaniyev federatsiya raisi etib tayinlandi. Shuningdek, federatsiya raisi o‘rinbosarlari, tegishli mas’ul lavozimlar hamda murabbiylar tayinlandi. Funksional ko‘pkurash federatsiyasi tomonidan o‘tgan qisqa vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “Tribe”, “BukaGym”, “Akhmat”, “998” kabi bir qator sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Funksional ko‘pkurashni yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda yangi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zida kuch, iroda va chidamlilikni talab etadigan ushbu sport turida yosh iqtidor egalarini kashf etish, yangi chempionlarni tarbiyalash, respublika va xalqaro musobaqalarni tashkil etish, sportchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish,, moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash, yangi to‘garaklar ochish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech