Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar funksional ko‘pkurash sport turida o‘zlarini sinab ko‘rishdi

Mamlakatimizda "Funksional ko‘pkurash" ya’ni "krossfit" sport turini rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek yoshlarning ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, kuni kecha Milliy gvardiya hamda O‘zbekiston funksional ko‘pkurash federatsiyasi hamkorligida, Toshkent shahrida joylashgan harbiylashtirilgan maktablarning 7-9 sinf o‘quvchilar o‘rtasida "funksional ko‘pkurash" bo‘yicha spartakiada musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir avvalida, federatsiya vakillari ishtirokchilarga respublikamiz bo‘ylab, mazkur yangi sport turini joylarda targ‘ib qilish, bu yo‘nalishda hududlarda to‘garaklar ochish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritib, bellashuv qatnashchilariga omadlar tiladilar. Shundan so‘ng, yosh sportchilar qizg‘in bahslarga kirishdilar.
Unda yoshlar o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Spartakiadada yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib bo‘lgan sportchilarga Milliy gvardiya hamda "7Saber" sport tashkiloti tomonidan diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Yangiliklar

9 Okt
2024

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari oʻrtasida sportning FUNKSIONAL koʻpkurash (krossfit) boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Joriy yilning 4-5 oktabr kunlari Oʻzbekiston FUNKSIONAL koʻpkurash federatsiyasi sport majmuasida Milliy gvardiya boʻlinmalari oʻrtasida sportning FUNKSIONAL koʻpkurash turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Mazkur musobaqada Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalar, harbiy qism va taʼlim muassasalaridan 100 nafarga yaqin harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etdi. Unda ishtirokchilar jismoniy imkoniyati, chaqqonligi hamda ruhiy tetikligini namoyon etdilar. 19 ta jamoadan iborat sportchilar, yengil atletika mashqlari yaʼni oʻtirib turish, turnikda tortilish, qoʻllarga tayanib bukib yozish, press, tumba ustidan sakrab oʻtish, yugurish, toshni siltab koʻtarish, tosh koʻtarib yurish, trenajyorlarda ishlash kabi turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrin – Milliy gvardiyaning Toshkent shahridagi harbiy qism jamoasiga, 2-oʻrin – Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi jamoasiga, 3-oʻrin oʻrin esa Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasiga nasib etdi. Musobaqa shartlaridan oʻrin olgan mashqlarni belgilangan meʼyor talablari asosida bajargan gʻolib va sovrindorlar diplomlar, medal va kubok bilan taqdirlandi. Bu kabi sport musobaqalarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarida jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga funksional koʻpkurash sport turini kiritish, harbiy xizmatchi va xodimlar orasida mazkur sportni keng targʻib qilish boʻyicha yoʻl xaritasi”ning ijrosini taʼminlash, harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb qilish natijasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek funksional koʻpkurash boʻyicha Milliy gvardiya terma jamoasini shakllantirishdir.

28 Okt
2021

YOSH GVARDIYACHILAR O‘RTASIDA FUNKSIONAL KO‘PKURASH MUSOBAQASI

      Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi bilan 27 oktyabr' kuni Nukus shahrida sportning Funksional ko‘pkurash turi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada To‘rtko‘l, Chimboy va Xo‘jayli tumanlarida joylashgan harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jamoalarning musobaqa shartlarini qanday darajada bajarishlari haqamlar hay'ati tomonidan baholab borildi. Sinovlarda faol ishtirok etib, barcha shartlarni aniq va xatosiz bajargan ishtirokchilar musobaqa so‘ngida munosib taqdirlandilar.                          Umumiy hisobga ko‘ra To‘rtko‘l tumanidagi 18-sonli maktab o‘quvchilari o‘z epchilliklarini namoyon etib birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lishsa, ikkinchi o‘rin Xo‘jayli tumanidagi 15-sonli maktab jamoasiga nasib etdi. Nukus shahridagi 44-sonli maktabining yosh gvardiyachilariga esa shohsupaning uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘oliblar kubok, medal', diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga faollik ko‘rsatgan Chimboy tumani 36-sonli maktabning yosh gvardiyachilari ham tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.                      Sport o‘zaro ahillikni, do‘stlikni targ‘ib etuvchi asosiy vositadir. Bu kabi musobaqalar ham yoshlarning jismonan chiniqishlari, o‘zaro tajriba almashishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech