O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari orasida, eng qiyin kuch va gimnastika mashqlarni umumlashtirgan sportning yangi funksional ko‘p kurash turi ya’ni “krossfit” tobora ommalashmoqda.
Bu xodimlarning jismonan sog‘lom, sport sinovlarida chidamli bo‘lishga, baquvvat va irodali sportchilarni tayyorlashga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda joylarda funksional ko‘pkurash federatsiyasining malakali murabbiylari tomonidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda, shuningdek, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun tadbirlar tashkil qilmoqda.
Funksional ko‘pkurash o‘zida 10-ta asosiy insoniy fazilatlarni rivojlantirishga qodir bo‘lgan o‘quv tizimi:
Yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining chidamligi;
Tana chidamligi;
Kuch;
Moslashuvchanlik;
Quvvat;
Tezlik;
Muvofiqlik;
Chaqqonlik;
Balans;
Aniqlik.
Bu og‘ir va yengil atletika, badiiy gimnastika, tosh ko‘tarish, yugurish, suzish, velosipedda yurish va boshqalar kabi kardio yuklarning barcha turlariga asoslangan. Mazkur sport turini nafaqat harbiy xizmatchi va xodimlarda, balki barcha uyushmagan yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish orqali, ularda eng avvalo kuch, iroda va chidamlilikni mustahkamlash maqsad qilib olingan.
Поделиться: